Foden: "Savol ochiqligicha qoldi"
"Manchester Siti" futbolchisi Fill Foden EChL yarim final bosqichi doirasidagi "Real"ga qarshi (4:3) o‘yinidan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Uchrashuvni tomosha qilgan muxlislar uchun bu ajoyib futbol o‘yini bo‘lgani ko‘rinib turibdi. Biz Chempionlar Ligasini ko‘p bor yutgan jamoaga qarshi o‘ynadik. Ularga osonlikchi to‘pni berib bo‘lmaydi. Javob uchrashuvida shuni ustida ko‘proq ishlashimiz kerak bo‘ladi. G‘olib haqidagi savol hali ham ochiq.
O‘yin boshidan oxirigacha zo‘r bo‘ldi. Biz yaxshi boshladik va ularni yo‘q qilishimiz mumkin edi. Bunday bahslarda tavvakalga qo‘l urish kerak. Penalti kutilmaganda sodir bo‘ldi. Uchrashuvni biz nazorat qildik, afsus biroz omad etishmadi", - dedi futbolchi.

Fikrlar