
Ronaldu "An-Nasr"ga murabbiy tanladi
"An-Nasr" sardori Krishtianu Ronaldu jamoa uchun yangi bosh murabbiy tanladi.
Foot Mercato nashri xabar berishicha, 40 yoshli portugaliyalik futbolchi murabbiylik lavozimiga vatandoshi Jorje Jezushni taklif qilmoqchi. Manba ma’lumotlariga ko‘ra, 40 yoshli Ronaldu allaqachon Jezush bilan "An-Nasr"ni boshqarishi mumkinligi haqida suhbatlashgan.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda Krishtianu Ronaldu Ar-Riyod klubi bilan shartnomasini yana ikki yilga, 2027 yilning o‘rtalarigacha uzaytirdi. Matbuot xabarlariga ko‘ra, klub kadrlar masalasida Ronalduning fikrini inobatga olishga va’da bergan.
Ma’lumki, may oyida Jorje Jezush "Al-Hilol" bosh murabbiylik lavozimini tark etgan edi.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda Saudiya klubi italiyalik mutaxassis Stefano Pioli bilan xayrlashgandi.
Fikrlar