
Fermin Lopes "Barselona" muxlislariga xushxabar aytdi
"Barselona" yarim himoyachisi Fermin Lopes Kataloniya klubini tark etishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi. Avvalroq, futbolchiga "Manchester Yunayted", "Bavariya" va "Chelsi" klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
"Barselona" muxlislari nafas rostlashlari mumkin, chunki men shu erda qolaman. Men "Barselona"ni tark etmayman", - deya Lopesning so‘zlarini keltirdi jurnalist Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
O‘tgan mavsumda "ko‘k-anorranglilar"ning 22 yoshli tarbiyalanuvchisi barcha musobaqalarda 46 ta o‘yinda ishtirok etib, 8 ta gol va 10 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 50 million evroni tashkil etadi.
Fikrlar