Fermin Lopes "Barselona" akademiyasidagi dastlabki kunlari haqida gapirdi

  • 25 sentabr, 15:58
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"La Masiya" tarbiyalanuvchisi Fermin Lopes bolalikdagi qiyin kunlarini esladi:

Tecno

"Barsa"dagi ilk kunim hayotimdagi eng og‘ir kun edi. Ilk bor uydan chiqib ketdim va juda ko‘p yig‘ladim.

Klub menga 11 yoshimda qiziqqan, ammo otam hali juda yoshligimni aytgani uchun rad etgan. Ikki yildan so‘ng yana qo‘ng‘iroq qilishdi va bu so‘nggi imkoniyatim ekanini aytishdi.

Boshlanishi oson bo‘lmadi – oila va do‘stlardan uzoqda qolishga to‘g‘ri keldi. Juda qiyin edi, ammo Xavi Simons va boshqa yigitlar bilan yaxshi jamoa tuzdik", — deya eslab o‘tdi ispaniyalik yarim himoyachi "RAC1" telekanalida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!