
Fayzullaev: Xudo bersa, “Barselona”ga boraman!
Abbosbek Fayzullaev — O‘zbekiston va Rossiyaning eng yorqin futbolchilaridan. 21 yoshli hujumkor futbolchi yosh bo‘lishiga qaramay, bugungi kunda TsSKA va O‘zbekiston milliy terma jamoasi etakchisi hisoblanadi.
2024 yilda legionerimiz Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi, O‘zbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi singari individual sovrinlarni qo‘lga kiritdi.
Fayzullaev jurnalistlarning savollariga javob qaytarib, intervyu berdi.
Sports.uz portali ushbu intervyuning bir necha qismda o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.
1-Qism: Fayzullaev: Mashg‘ulotlarga borgim kelmay qoldi, Xolandning ko‘zoynagidan ham oldim...
Davomi:
— Yaqinda ommaviy axborot vositalari “Monako” seni olishni juda xohlayotgani haqida yozdi. O‘zingga u erdan uy topib ulgurlingmi?
— Xa-xa, yo‘q. Bu xabar chiqishi bilan Tamerlan Musaev va Igor Diveev hazil-xuzul qilishni boshladi, ota-onam barcha qarindosh-urug‘larimiz ularni tabriklay boshlashganini aytdi. Men ularni hammasini tinchlantirdim, bu xabarni internetdan bildim, “Monako”dan qiziqish bo‘layotgani haqida aniq ma’lumot menda yo‘q.
— Keyingi paytda seni Evropaga ko‘p “jo‘natishyapti”. “Bavariya”, “Vilyarreal”, “Real Sosedad”, “Jirona”, “Parma” haqida gap chiqdi. Bunaqa narsalar bosim o‘tkazmaydimi?
— Bunga xotirjam munosabat bildiraman. Bunaqa klublardan qiziqish bo‘lishi yoqimli albatta, demak, hammasini to‘g‘ri qilayotganimdan dalolat beradi. Biroq bu haqda ko‘p o‘ylasang, o‘yin sifati aniq tushib ketadi.
O‘zimning agentlarimga ham “Mavsum davom etar ekan, menga boshqa klublar qiziqishi haqida gapirmang”, deb tayinlaganman. Shuning uchun, o‘zim ham bu haqida so‘ramayman, ular ham aytmaydi.
Hozir men TsSKA o‘yinchisiman, hamma narsa qoniqtiryapti, nima bo‘lishini keyin bilib olamiz.
— O‘zing Evropaga ketishni istaysanmi?
— Albatta. Maqsadim ham shu. Lekin hamma narsaning o‘z vaqti bor. Hozirgacha Evropaning biror klubi mening transferim bo‘yicha TsSKAga rasmiy taklif yuborgan holat bo‘lgani yo‘q. Hammasi suhbatlar darajasida bo‘lgan.
— O‘zing qaerda o‘ynashni xohlaysan?
— Ispaniyada. Xudo bersa, “Barselona”da. Lekin Evropadagi faoliyatimni o‘rtamiyona klubda boshlashga ham tayyorman.
— O‘zingni qanchaga baholaysan?
— Transfermarktda transfer narxim 8 million evro ekanini ko‘rdim.
— TsSKA sening transfering uchun qancha talab qiladi, deb o‘ylaysan?
— Bilmadim. Bunaqa savollarga javob berishni istamayman. TsSKA menga ishonch bildirdi, imkoniyat berdi. Bu klubni yaxshi ko‘raman, hurmat qilaman. Taklif TsSKAni qoniqtirsagina ketaman.
Davomi bor...
Fikrlar