
Farhod Abdullaev jahon chempionatidan o‘rin olgan Italiya - Ekvador uchrashuvida ishlaydi
Polshada 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionati yakuniga etmoqda.
Mazkur musobaqalarda hamyurtimiz FIFA va OFK instruktori Farhod Abdullaev ham ish olib borayotganini ma’lum qilib o‘tgandik. Bugun Farhod Abdullaev Italiya hamda Ekvador terma jamoalari o‘rtasidagi 3-o‘rin uchun o‘yinda hakam nazoratchisi sifatida ish olib boradi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 23:30da boshlanadi.
U-20 JCh, 3-o‘rin uchun bahs
Italiya - Ekvador
Bosh hakam: Xil Mansano (Ispaniya)
Yon hakamlar: Nevado Rodriges, Barbero Sevilya (Ispaniya)
To‘rtinchi hakam: Gurbal Mustafo (Jazoir)
Hakam nazoratchisi: Farhod Abdullaev (O‘zbekiston)
Fikrlar