Fanatlar jamoaga hujum qildi, bosh murabbiy shikastlandi

  • 24 sentabr, 2024, 08:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Serbiya chempionatida noxush voqea sodir bo‘ldi. Mamlakat Superligasining to‘qqizinchi turida “Partizan” o‘z maydonida “Tsrvena Zvezda”ni qabul qildi.

Tecno

Uchrashuvda mehmonlar ashaddiy raqib ustidan 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Mag‘lubiyatga chiday olmagan “Partizan” muxlislari bosh murabbiy Aleksandar Stanoevichga hujum uyushtirdi.

- Kiyim alishtirish xonasida xunuk holatlar yuz berdi. Muxlislar “Partizan”ning kiyim alishtirish xonasiga turli buyumlar uloqtirib, hujum qildi. Bosh murabbiy Aleksandar Stanoevich shikastlandi.

Uning qoshini tepasi, burnining usti kesilib ketdi. U jarohat oldi, - deb yozdi Telegraf.rs sayti.

Ta’kidlash  lozimki, o‘yindan oldin ham noma’lum shaxslar “Partizan” stadionda o‘t yoqib, maydonga shishi siniqlarini sochib yuborgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Улаш Исломов Адашевич
24/09/2024 09:27
Мана ҳақиқий футбол фанатлари.