
FAKT! “Nasaf” Qo‘qondagi oxirgi 5 uchrashuvdan 3 tasida g‘alaba qozongan va 2 marta durang o‘ynagan
26 avgust kuni Superligasi 18-turiga start beriladi.
“Ajdarlar” Superligasi 18-turida Qo‘qonning “Qo‘qon-1912” jamoasining mehmoni bo‘lishadi.
“Qo‘qon-1912” – “Nasaf” uchrashuvi 27 avgust seshanba kuni Qo‘qondagi “Markaziy” o‘yingohida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 17:00da boshlanadi.
O‘zaro uchrashuvlar tarixidan
Mazkur klublar O‘zbekiston chempionatida shu kungacha 21 bor kuch sinashishgan. Natijalar “ajdarlarning” ustunligini ko‘rsatmoqda. Bo‘lib o‘tgan 14 uchrashuvda “Nasaf”, 4 o‘yinda esa “Qo‘qon-1912” g‘alabaga erishgan. 3 uchrashuvda tomonlar murosa ko‘chasini tanlashgan. To‘plar nisbati 40:21 ga teng. Ustunlik “Nasaf” tarafida.
O‘zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yuqori hisoblar quyidagicha: “Nasaf” – “Qo‘qon-1912” 4:0, “Qo‘qon-1912” – “Nasaf” 3:0.
"Nasaf" so‘nggi o‘zaro uchrashuvni shu yilning 18 may kuni Qarshida o‘tkazgan. Bu uchrashuv 2:0 hisobida yakunlangan.
Qo‘qondagi o‘zaro bahslarga oid
Ushbu jamoalar shu paytgacha Qo‘qonda 10 bor kuch sinashishgan. 4 uchrashuvda qarshiliklar g‘alaba qozongan. 2 uchrashuvda durang qayd etilgan va 4 uchrashuvda mezbonlar g‘alaba qozonishgan. Darvozalarga jami 26 ta to‘p kiritilgan. To‘plar nisbati 15:11.
Qo‘qonda bo‘lib o‘tgan so‘nggi besh uchrashuv
13.09.2018 Qo‘qon-1912 – Nasaf 1:1
21.04.2018 Qo‘qon-1912 – Nasaf 0:0
04.03.2017 Qo‘qon-1912 – Nasaf 1:2
26.08.2016 Qo‘qon-1912 – Nasaf 1:2
16.08.2015 Qo‘qon-1912 – Nasaf 1:3
Fikrlar