
Fabritsio Romano: "Galatasaray" va "Napoli" Osimxen transferi bo‘yicha kelishish arafasida!
Fabritsio Romanoning ma’lumotiga ko‘ra, Turkiya va Italiya grandlari Viktor Osimxen transferi bo‘yicha kelishuvni yakuniga etkazmoqda. Ayni paytda shartnomaning moliyaviy jihatlari batafsil kelishib olingan:
40 million evro darhol to‘lanadi
35 million evro esa bir yildan so‘ng qoplanadi
Keyingi ikki yil davomida uni Italiya klublariga sotish mumkin emas – buni kafolatlovchi maxsus jazo shartnomaga kiritilmoqda
Hozircha faqat bitta jihat kelishilmagan – bu esa futbolchi keyinroq boshqa klubga sotilganda "Napoli" oladigan foiz (sell-on clause). Shu masala hal bo‘lsa, kelishuv to‘liq rasmiylashadi.
Fikrlar