
Evropa ligasida hafta futbolchisi kim bo‘ladi?
UEFA rasmiy sayti Evropa ligasining joriy haftadagi eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzodlarni e’lon qildi. Ushbu ro‘yxatdan quyidagi futbolchilar joy oldi:
Brunu Fernandesh («Manchester Yunayted» - «Real Sosedad» (4:0) o‘yinida dubl qayd etdi);
Moanes Dabbur («Xoffenxayma» - «Molde» (3:3) uchrashuvida dubl va golli uzatma muallifi bo‘ldi);
Bruno Petkovich («Krasnodar» - «Dinamo» Zagreb (3:2) uchrashuvida dubl qayd etdi);
Garet Beyl («Volfsberg» - «Tottenxem» (4:1) uchrashuvida gol va assist muallifi bo‘ldi).
Fikrlar