Evra "Arsenal" futbolchilarini yosh bolalar deb atadi

  • 22 oktabr, 2019, 13:26
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" va Frantsiya terma jamoasi sobiq qanot himoyachisi Patris Evra "Arsenal"ning "Sheffild" maydonida uchragan mag‘lubiyatiga (0:1) o‘z fikrlarini bildirdi.

Tecno

"Sheffild" uchun xursandman, chunki ular g‘alabaga haqli edilar. "Arsenal"ga kelsak, ularning natijasi meni hayron qoldirmadi.

O‘n yil ilgari men ularni yosh bolalar deb atagan edim. Bu so‘zlarim bilan "Arsenal" futbolchilarga nisbatan hurmatsizlik qilmoqchi emasman, ammo ular o‘sha-o‘sha bolaligicha qolishibdi.

Londonliklar yomon o‘yin ko‘rsatishmadi, ammo butun jamoaning o‘zi g‘alaba qozona biladiganga o‘xshamaydi. Ularning tarkibida etakchilikni o‘z qo‘liga oladigan futbolchini ko‘rmadim.

Oldinlari men "to‘pchilar"ga qarshi o‘ynashdan zavq olardim, chunki g‘alaba qozonishimizni bilardim.

Obameyang va Lazakettni juda hurmat qilaman, ammo agar ular gol urolmasa, "Arsenal"da mana shunday muammolar bo‘ladi va hech narsa o‘zgarmaydi," - deya aytib o‘tdi Evra.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!