"Esxata" bosh murabbiyi "Andijon"ga imkoniyat boy berilgach, nimalar dedi?

  • 13 iyul, 2023, 00:47
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Esxata” – “Andijon” (2:3) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Igor Surov “Andijon” matbuot xizmatiga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:

Tecno

“Yaxshi o‘yin bo‘ldi. Avvalo, sizlarni yana shu erga kelib, biz bilan o‘ynaganinglar uchun katta rahmat. Asosiy tarkib hamda o‘rinbosarlar jamoamizdagi futbolchilarning holatini maydonda tekshirib oldik. Yigitlarni bosim ostida qolganida qanday harakat qilishlarini biz murabbiylar shtabi baholadik. Albatta, natijadan qoniqmadim. Ammo o‘zim uchun futbolchilarimizning holati va imkoniyati borasida yana bir bor tasavvurim shakllandi.

Nazorat uchrashuvlarida o‘yinchilar sinab ko‘riladi va hisob ikkinchi darajaliga aylanadi. O‘yinni chizgilariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, yaxshi o‘yin tashkil qildik, deb o‘ylayman. Natija muhim emas. O‘zimizni sinab ko‘rishimiz kerak bo‘lgan ishlarni amalga oshirdik. Uchrashuv menga yoqdi.

Yana uchrashuv haqida nima deyishim mumkin? Yaxshi vaziyatlarni amalga oshirdik. Oddiy holatlarda esa to‘p o‘tkazib yubordik. Kerakli paytda gol ura olmadik. O‘yinni tashkil qilish bo‘yicha menda e’tiroz yo‘q. Ba’zi futbolchilarimiz bosim ostida harakat qilishdi. Bir qator o‘yinchilarimiz tarkibda yo‘q edi. Shu narsalar ham natijaga ta’sir qildi. Shu bois ham natija ko‘ngildagidek bo‘lmadi, deb o‘ylayman”, - deydi Igor Aleksandrovich, “Andijon” matbuot xizmatiga.  

“Andijon” matbuot xizmati.   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!