
Ertaga O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘ynaydi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi "JCh-2022" va "Osiyo kubogi-2023" qo‘shma saralash bosqichi uchrashuvlariga har oy tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu galgi mashg‘ulotlar dastlab Toshkentda, keyin Birlashgan Arab Amirliklarida tashkil etildi.
Vadim Abramov shogirdlari yig‘in davomida ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi belgilangandi. Hamyurtlarimiz 12 noyabr kuni Suriya bilan kuch sinashdi. Bellashuvda vakillarimiz 1:0 hisobida imkoniyatni boy berdi. Endi jamoamiz ertaga, 17 noyabrda Iroqqa qarshi maydonga tushadi.
Birlashgan Arab Amirliklaridagi mashg‘ulotlar 18 noyabrgacha davom etadi.
Fikrlar