
Eron terma jamoasi afsonasi o‘lim jazosiga hukm qilindi
Eron terma jamoasi sobiq futbolchisi Ali Dayi o‘lim jazosiga hukm qilindi.
"Report" nashrining xabar berishicha, sobiq futbolchi Mahsa Amini o‘ldirilishidan keyin o‘tkazilgan namoyishlarda ishtirok etganlikda ayblanmoqda.
Oktyabr oyi boshida u Sakkez shahrida uyushtirilgan aktsiyada ishtirok etgani uchun qo‘lga olinib, shundan so‘ng qamoqqa tashlangan edi.
Germaniyaning "Bavariya" futbol klubi o‘zining rasmiy saytida sobiq futbolchilari - Ali Dayi va Ali Karimiyning taqdiridan xavotir bildirib, "Biz bu masalani diqqat markazida ushlab turish uchun Germaniyaning Erondagi elchixonasi bilan bog‘lanib, qo‘llab-quvvatlashga tayyorligimizni ma’lum qildik”, — deb bayonot berdi.
Fikrlar