Erik ten Xag transfer barbod bo‘lganidan xursand

  • 19 avgust, 2023, 14:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi  Erik ten Xag himoyachi Harri Maguayrning “Vest Xem”ga o‘tib ketmaganidan xursand ekanini aytdi.

Tecno

- Harri Maguayr biz bilan qolishidan xursandmiz. Bizga yaxshi jamoa kerak. Hozirning o‘zida to‘rt nafar markaziy himoyachimiz bor. Ular qatoriga universal Lyuk Shouni qo‘shsak, beshta bo‘ladi.

Yangi mavsumda 50-60 ta uchrashuv o‘tkazishimizni inobatga olib, ularning barchasiga ehtiyojimiz bor, - dedi Erik ten Xag.

Aslida Maguayr transferi bo‘yicha ikki klub o‘zaro kelishuvga erishgan edi. Biroq, tajribali himoyachi shaxsiy shartnoma masalasida “Vest Xem” bilan bir to‘xtamga kela olmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!