Erik ten Xag Manchesterdan haydalishi kutilyapti

  • 26 oktabr, 2023, 18:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”ning Angliya Premer-ligasidagi ishlari havas qilarli emas. Erik ten Xag shogirdlari Chempionlar ligasida ham o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida “Kopengagen”ni 1:0 hisobida  bazo‘r engdi.

Tecno

TodoFichajes nashri klub rahbariyati niderlandiyalik mutaxassis xizmatidan voz kechishni rejalashtirayotganini ta’kidladi. Rahbariyatga Erik ten Xag qo‘l ostida jamoa ko‘rsatayotgan o‘yin sifati yoqmayapti.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Manchester Yunayted” xo‘jayinlari Angliya Premer-ligasida “Brayton” va “Chelsi”da ishlagan Grem Potterni olib kelmoqchi.

Erik ten Xag o‘tgan mavsumda manchesterliklarni Chempionlar ligasiga olib chiqqanidan keyin unga katta ishonch bildirilgandi. Biroq yangi mavsumda niderlandiyalik murabbiy jangovar tarkib tuza olmadi. Qolaversa, jamoa ichidagi muhit ham ko‘ngildagidek emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Boy Intelligent
27/10/2023 02:31
Ten tak ni tezroq xaydash kerak. Agar myu keyingi yil chl da oynashni istasa. U ortamiyonadan ham past murabbiy. Myuni sulsherchalik ham boshqqarolmayapti. Otkan yili tortlikka kirgani uni mehnati emas liverpol va totenxemni yomon mavsumi bolgani uchun boldi. Mana bu yil ular kuchli agar ten tak kuchli bolsa endi raqobatlashsinchi. Chl da korasizlar guruhdan chiqolmaydi
&
ABDUMUROD JUMABOYEV
26/10/2023 20:56
MENI FIKRIM ERIK TEN HAGGA IMKON BERISH KERAK XUDDI ARSENAL KLUBI ARTETAGA IMKON BERDI TO'G'RI ISH QILDI HOZIR ARSENALNI APLDA CHEMPIONLIKKA DAVOGAR KLUBGA AYLANDI
&
ABDUMUROD JUMABOYEV
26/10/2023 20:53
O‘zi Grem Potter bo'lmaydi o'tgan yili Chelsini rasvo qilgandi
&
ABDUMUROD JUMABOYEV
26/10/2023 20:53
BU KETISHDA GLEYZERLAR MANCHESTER YUNAYTEDNI YOMON HAROB QILADIDA
&
ABDUMUROD JUMABOYEV
26/10/2023 20:52
AGAR RAHBARIYAT ERIK TEN HAGNI QAYDASA JUDA KATTA XATO QILADI O‘ZI ENDI SHAKLANTIRMOQCHI JAMOANI. HALI IMKON BERISH KERAK