Endi xudbinlik qilmayman!

  • 26 noyabr, 2023, 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasida germaniyalik legioner Kay Xavertsning “Brentford” darvozasiga kiritgan goli “Arsenalga” g‘alaba keltirdi va Mikel Arteta shogirdlarini musobaqa jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tardi.

Tecno

Bungacha juda ko‘p tanqid qilinayotgan Kay Xaverts o‘zi qahramonga aylangan uchrashuvdan keyin fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Muhim golni urib, jamoa uchun g‘alaba keltirganimdan baxtiyorman. Bu ajoyib pasdan keyin kiritilgan zo‘r gol bo‘ldi. Bukayo Saka va Martin Edegor to‘pni ana shu tarzda etkazib berishni yaxshi ko‘radi. Buni mashg‘ulotlarda ko‘p takrorlaymiz.

Hech narsa o‘zidan o‘zi bo‘lmaydi. Bu mashaqqatli mehnatlar samarasi. Inson harakat qilishi va ishonishi kerak. Men xudbinligimni chetga surishga qaror qildim. Eng asosiysi – bir jamoa bo‘lish ekan, - dedi Kay Xaverts.

Xaverts Bundesligada “Bayer”  to‘purarlaridan bo‘lgan. 2020 yilning yozida “Chelsi” uni 80 million evroga xarid qildi. Biroq hujumkor futbolchi “aristokratlar” safida o‘ynab keta olmadi.

Mikel Arteta germaniyalik futbolchini o‘tgan yoz o‘z jamoasiga qo‘shib olgandi. “Kanonirlar” transferga 75 million evro sarflagan. Ammo Xaverts “Arsenal”da ham kutilgan darajaga chiqib olish uchun ancha qiynaldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!