"Endi jahon sport maydonlarida "halol", "g‘irrom", "chala", "yonbosh" degan so‘zlar jaranglab o‘zbek nomini, O‘zbekiston nomini dunyoga tarannum etadi"

CHERY AUTO

  2017 yil jismoniy tarbiya va sport sohasi bo‘yicha ham katta ishlar qilindi. Yurtimiz yoshlarining sport sohasidagi yutuqlari barchamizni quvontirmoqda. Jahon va qit’a miqyosida yangi-yangi chempionlar, shaxmat bo‘yicha Xalqaro grossmeysterlar etishib chiqmoqda.

Tecno

  Yakuniga etib borayotgan yilda o‘zbekistonlik sportchilar boks, dzyudo, taekvondo, og‘ir atletika, erkin kurash, sambo bo‘yicha o‘tkazilgan turli xalqaro musobaqalarda salmoqli yutuqlarga erishdilar. 2017 yil ayniqsa o‘zbek milliy kurashi tarixida yorqin sahifa bo‘ldi. Sentyabr oyida Turkmanistonda bo‘lib o‘tgan Osiyo olimpiya kengashi Bosh assambleyasi yig‘ilishida ushbu milliy sport turini Osiyo o‘yinlari dasturiga kiritish haqida qaror qabul qilindi. Ya’ni 2018 yil Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan 18-Osiyo o‘yinlarida qit’amiz sportchilari o‘zbek milliy kurashi bo‘yicha ham o‘zaro bellashadilar. Endi jahon sport maydonlarida "halol", "g‘irrom", "chala", "yonbosh" degan so‘zlar jaranglab o‘zbek nomini, O‘zbekiston nomini dunyoga tarannum etadi.

  Ayni vaqtda biz O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining faoliyatini takomillashtirish ustida ish olib bormoqdamiz. Bo‘lg‘usi xalqaro olimpiada o‘yinlari va boshqa nufuli musobaqalarga tayyorgarlik ishlari endi butunlay yangicha asosda yo‘lga qo‘yiladi.

  Bugun mana shu yuksak minbardan turib, barcha sportchi yoshlarimizga, ularning ustoz va murabbiylariga milliy sportimizni rivojlantirish yo‘lidagi xizmatlari uchun katta minnatdorchilik bildirib,  yangi zafarlar tilashga ruxsat bergaysiz.

(O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasidan).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!