Endi Hasanboy Do‘smatovda Olimpiada chempionligidan so‘ng jahon chempionati oltin medali ham bor

  • 13 may, 2023, 19:08
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda. Bugun final janglari start oldi.

Tecno

-51 kg vazn toifasida Hasanboy Do‘smatov frantsiyalik Billal Bennamaga qarshi ringga ko‘tarildi. Bellashuvning ilk raundida bokschimiz raqibini nokaut qilib ringga qulatdi va g‘alabaga erishdi.

Shu tariqa, Hasanboy Do‘smatov ilk bor jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.

Quyida Hasanboy Do‘smatov erishgan yutuqlar bilan tanishing:

Xasanboy Do‘smatov

Vazn toifasi: -51 kg
Tug‘ilgan sana: 24.06.1993
Tug‘ilgan joyi: Andijon viloyati

Natijalari:

Olimpiya o‘yinlari g‘olibi

Kattalar o‘rtasida jahon chempionati kumush medal sohibi

Osiyo o‘yinlari kumush medal sohibi

2 karra Kattalar o‘rtasida Osiyo chempioni

Ko‘plab xalqaro turnirlar g‘olib va sovrindori

Erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati oltin medali (2023)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!