
Elit OChL. "Paxtakor" pley-offga yo‘l oldi
"Paxtakor" Elit OChLning pley-off bosqichiga yo‘l oldi. Biroz oldin "Al-Ahli" "Al-G‘arafa"ni yirik hisobda taslim qildi. Undan oldin esa "Persepolis" "An-Nasr" bilan durang o‘ynadi.
Shu tariqa, Qatar klubi 7 ochko bilan 9-o‘rinda qolib ketdi. Eronliklar bo‘lsa 7 ochko to‘plagan holda 8-pog‘onada turibdi. "Paxtakor"da gollar nisbati yaxshiroq bo‘lgani uchun 7-o‘ringa ko‘tarilib olgan.
"Istiqlol" so‘nggi turda g‘alaba qozongan taqdirda ham, "sherlar" pley-offga yo‘l oladi, faqat 8-o‘rinda.
Fikrlar