
Eldor Shomurodov bu tur "Latsio" darvozasini ishg‘ol qildi (video)
Italiya A Seriyasining 34-turida hamyurtimiz Eldor Shomurodov to‘p suradigan “Jenoa” safarda “Latsio” mehmoni bo‘ldi.
Rimdagi “Olimpiko” stadionida kechgan bellashuvda darvozalarga naqd 7 ta to‘p kiritildi. Yakunda 4:3 hisobida mezbonlarning qo‘li baland keldi.
“Latsio”ning gollariga Xoakin Korrea (30', 56'), Chiro Immobile (43') va Luis Alberto (48') mualliflik qilgan bo‘lsa, “Jenoa” hisobiga yozilgan gollarni Adam Marushich (47' avtogol), Janluka Skamakka (80') va Eldor Shomurodov (81') kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar