
Ektor Kuper milliy terma jamoaga jalb qilingan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Tarkibda yangi nomlar bor
O‘zbekiston milliy terma jamoasi 28 may - 12 iyun kunlari navbatdagi yig‘in o‘tkazishi haqida xabar berib o‘tgandik. Mazkur yig‘in doirasida terma jamoamiz a’zolari uchta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishadi. 2 iyun kuni safarda Turkiya bilan, 7 va 11 iyun kunlari Toshkentda KXDR va Suriya bilan kuch sinashamiz.
Ektor Kuper mazkur o‘yinlarga milliy terma jamoa tarkibiga jalb qilingan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Ro‘yxatdan quyidagi 25 nafar futbolchi joy olgan:
Darvozabonlar:
Sanjar Quvvatov («Paxtakor»)
Ilyosov Javohir («Lokomotiv»)
Suyunov Eldor («Paxtakor»)
Ergashev Botirali («Dinamo»)
Himoyachilar:
Krimets Egor («Paxtakor»)
Ismoilov Anzur («Lokomotiv»)
Tursunov Dostonbek (“Renofa Yamaguchi”, Yaponiya)
To‘xtaxo‘jaev Islom («Lokomotiv»)
Zoteev Oleg («Lokomotiv»)
Sayfiev Farrux («Paxtakor»)
Komilov Akromjon («Paxtakor»)
Hoshimov Davron (“Lokomotiv” )
Alijonov Hojiakbar («Paxtakor»)
Yarim himoyachilar:
Hamrobekov Odiljon («Paxtakor»)
Ahmedov Odil («Shanxay SIPG», Xitoy)
Musaev Fozil (“Jubilo Ivata” Yaponiya)
Aliboev Ikrom («Seul», Janubiy Koreya)
Urunov Oston («Navbahor»)
Masharipov Jaloliddin («Paxtakor»)
Ibragimov Doston («Buxoro»)
Ro‘ziev Quvondiq («Qo‘qon-1912»)
Mirzaev Sardor («Lokomotiv»)
Hujumchilar:
Shomurodov Eldor («Rostov», Rossiya)
Sergeev Igor («Paxtakor»)
Abduxoliqov Temurxo‘ja («Lokomotiv»)
Legionerlardan Doston Tursunov va Ikrom Aliboev Turkiyaga qarshi o‘yinda ishtirok eta olishmaydi. Ular o‘z klublari tarkibida milliy chempionat o‘yinlarni o‘tkazib, 3 iyun kuni O‘zbekistonga etib kelishadi. Keyin terma jamoa bilan birgalikda KXDR va Suriyaga qarshi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rishadi.
Legionerlardan Doston Tursunov va Ikrom Aliboev Turkiyaga qarshi o‘yinda ishtirok eta olishmaydi. Ular o‘z klublari tarkibida milliy chempionat o‘yinlarni o‘tkazib, 3 iyun kuni O‘zbekistonga etib kelishadi. Keyin terma jamoa bilan birgalikda KXDR va Suriyaga qarshi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rishadi.
Fikrlar
Омад!!