
Ekspert “Manchester Yunayted”ning eng katta kamchiligini aniqlab berdi
“Manchester Yunayted”ning joriy mavsumda qayd etayotgan ko‘rsatkichlari klub rahbariyatiga ham, muxlislarga ham yoqmayapti.
Erik ten Xag shogirdlariPremer-liganing ettita uchrashuvidan to‘rttasida raqiblarga imkoniyatni boy berdi.
“Arsenal”ning sobiq futbolchisi Pol Merson hozir futbol ekspert sifatida faoliyat yurityapti. U manchesterliklarning asosiy kamchiligini aytib berdi.
- “Manchester Yunayted”ning uchrashuvlarida mutlaqo ularning o‘yin uslubi ko‘ringani yo‘q. Ba’zan nimalardir o‘xshab qolyapti. Shu bilan tamom.
Mankunianlardan farqli ravishda raqiblarning o‘ziga xos o‘yin usuli bor va u ko‘rinib turibdi. “Manchester Yunayted”da hammasi juda sekin ketyapti va ular asosan Markus Reshfordning oldinda nimalarnidir uddalashiga tayanib qolgan.
Meyson Maunt va Brunu Fernandesh palapartish o‘ynayapti, vaziyatlarni qanday harakat qilishni bilmayapti, - dedi Pol Merson.
Fikrlar