EChL. Haftaning eng yaxshi futbolchisi ma’lum qilindi

  • 21 avgust, 2020, 17:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA Chempionlar Ligasi yarim finalining eng yaxshi futbolchisi nomi ma’lum qilindi. Unga ko‘ra ushbu nomga “Bavariya” yarim himoyachisi Serj Gnabri loyiq ko‘rildi. Nemis vingeri “Lion”ga qarshi bellashuvda (3:0) dubl qayd etgandi.

Serj bu yo‘lda quyidagi da’vogarlarni ortda qoldirdi:

PSJ yarim himoyachisi Anxel Di Mariya - “Leyptsig”ga qarshi uchrashuvda (3:0) bitta gol urdi va ikkita golli uzatma amalga oshirdi;

PSJ hujumchisi Neymar - “Leyptsig”ga qarshi o‘yinda (3:0) bitta golga assistentlik qildi.

“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski - “Lion”ga qarshi bahsda 1 ta gol urdi va 1 ta golga hammualliflik qildi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!