Draksler yana Germaniyaga qaytishi mumkin

  • 21 aprel, 2021, 11:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJning hujumkor yarim himoyachisi Yulian Draksler faoliyatini o‘z vatanida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Footmercato tarqatgan xabarga qaraganda, 27 yoshli germaniyalik futbolchi yangi mavsumni “Bavariya”da boshlashi mumkin. Drakslerning agenti myunxenliklarga mijozining xizmatlarini takliq qilgan.

Manbaning ta’kidlashicha, yarim himoyachi Parij grandi bilan shartnomani yangilamaydi va shu yozda klubni erkin agent sifatida tark etadi.

Yulian faoliyati davomida “Shalke” va “Volfsburg” kabi Bundesliga klublarida to‘p surgan. U PSJga 2017 yilning yanvarida ko‘chib o‘tgan edi.

Draksler joriy mavsum 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4 ta gol yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!