Dibala: "Qachondir Pogba bilan yana birga gol nishonlashga umid qilaman"

  • 21 yanvar, 2020, 10:56
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" hujumchisi Paulo Dibala "Manchester Yunayted" xavbeki Pol Pogba bilan o‘ynagan davrlarini eslab o‘tdi.

Tecno

"Pol bilan munosabatimiz juda yaxshi. "Yuventus"da u bilan gol nishonlashni turli uslublarini o‘ylab topishga harakat qilar edik.

Baxtimizga ko‘p gol urar edik va tez-tez gol nishonlash uslubimizni o‘zgartirib turar edik. Qachondir yana Pogba bilan birga gol nishonlashimizga umid qilaman", - deydi Dibala.

Eslatib o‘tamiz, argentinalik futbolchi Pogba bilan birga 2015-2016 yilgi mavsumda "Yuventus"da to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!