Depay: Kim ham "Barsa"da o‘ynashni xohlamaydi?!

  • 12 noyabr, 2020, 12:06
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

FIFA kunlaridan foydalanib, Niderlandiya va Ispaniya terma jamoalari o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi va 1:1 hisobidagi durang natijani qayd etdi. O‘yindan keyin "uchar gollandlar" etakchisi Memfis Depay jurnalistlar savollariga javob berdi. 

Tecno

"Men "Barsa" haqida hech narsani bilmayman. Transfer oynasi ochiq emas. Fikrim ushbu masalaga qaratilmagan. 

Men imkoniyatim darajasida kuchli futbol namoyish etishga va o‘z ustimda ishlashga urinyapman. Tashqi omillar bunga xalaqit berishi mumkin. 

Kim ham ushbu klubda o‘ynashni xohlamaydi?! "Barselona" - dunyoning eng kuchli jamoalaridan biri. Ammo hozir u haqida o‘ylamayapman", - dedi hujumchi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!