
Depay Evro-2020 da ishtirok etishi mumkin
“Lion” klubi va Gollandiya terma jamoasi forvardi Memfis Depay o‘ng tizzasidan olgan jiddiy jrohatdan muvaffaqiyatli operatsiya qilindi.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda 25 yoshli futbolchi jarrohlik amaliyotini Rimdagi "Villa Styuart" klinikasida o‘tkazgan. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra Depay 5 oyda maydonga qaytishi mumkin.
Shu tariqa Depayning Evro-2020 final bosqichida ishtirok etish imkoniyati paydo bo‘ldi.
Fikrlar