
Dembele PSJga o‘tishi mumkinmi? Futbolchining o‘zi javob berdi
"Barselona" futbolchisi Usmon Dembele PSJga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi.
"Men "Barselona" bilan bir necha oy oldin shartnoma imzoladim. Bu erda baxtliman va shu klubda faoliyatimni davom ettirmoqchiman.
PSJ? Yo‘q, men "Barsa"da qolmoqchiman. Xavi va jamoadoshlarim menga ishonishadi. Men bu ishonchni oqlashga harakat qilaman", - dedi frantsiyalik vinger.
Fikrlar