Darvin Nunes "Liverpul"dan ketishga tayyor, "Napoli" hujumchini kuzatmoqda

  • 30 iyun, 15:24
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Darvin Nunes yozda "Liverpul"ni tark etishga tayyor ekanini "Napoli"ga ma’lum qildi. Ammo italiyaliklar 70 million funtlik narxni ko‘p deb hisoblashmoqda va muzokaralarda shoshilmayapti.

Tecno

26 yoshli urugvaylik hujumchi yangi bosh murabbiy Arne Slot qo‘l ostida APLda bor-yo‘g‘i 8 marta asosiy tarkibda maydonga tushdi va klubda kelajagi yo‘q, degan xulosaga kelgan. U neapolliklar bilan kelishuv topishga rozilik berdi, italiyaliklar esa 50 million funt atrofidagi transferni ikki tomon uchun adolatli deb hisoblamoqda.

Mersesaydliklar hujumchi qidirmoqda — Aleksandr Isak ("Nyukasl") va Hyugo Ekitike ("Ayntraxt") Arne Slotning diqqat markazida, ammo ular ham arzon turmaydi.

Joriy yozda "Liverpul" allaqachon Florian Virts, Milosh Kerkez va Jeremi Frimpong uchun 185 million funt sarflagani bois, klub Nunesning transferida maksimal daromad ko‘rishni istaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!