
Coca-Cola Superliga. Bugun 9-turning yana 2ta uchrashuvi bo‘lib o‘tadi
Xabaringiz bor shu kunlarda Coca-Cola Superliganing 9-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. Bungacha tur doirasidan o‘rin olgan “Andijon” – “Paxtakor” (0:3) va “Lokomotiv” – “Bunyodkor” (0:0) bahslari o‘tkazildi.
Bugun esa muxlislar yana 2ta uchrashuvga guvoh bo‘lishlari mumkin. Dastlab “Qo‘qon-1912” – “Nasaf” (17:45), keyinroq esa “Qizilqum” – “Surxon” (20:00) o‘yinlari boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, “Qo‘qon-1912” ayni damda 6 ochko bilan so‘nggi 14-o‘rinni, “Nasaf” 11 ochko bilan 8-o‘rinni, “Qizilqum” 9 ochko bilan 9-o‘rinni va “Surxon” 12 ochko bilan 6-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar