
ChLda Xoland va yana 3 ta futbolchi haftaning eng yaxshisi bo‘lish uchun da’vogarlik qilmoqda!
UEFA tashkiloti Evropa Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun 4 ta nomzod nomini e’lon qildi.
Bular: "Borussiya" hujumchisi Erling Xoland (PSJga qarshi bahsda dubl), "Tottenxem" darvozaboni Ugo Loris ("Leyptsig"ga qarshi o‘yinda 4 ta seyv), "Atletiko" himoyachisi Renan Lodi va "Atalanta" yarim himoyachisi Xans Xatebur ("Valensiya"ga qarshi uchrashuvda dubl) da’vogarlik qilmoqda.
Ma’lumot uchun, barcha da’vogarlar seshanba va chorshanba kunlari o‘tkazilgan o‘yinlarning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.
Fikrlar