
“Chelsi“ yulduzi safdan chiqdi
“Chelsi“ futbolchisi Meyson Maunt jarohat olib, safdan chiqdi. U ikki hafta maydonga tusha olmaydi.
Yarim himoyachi shanba kuni klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida to‘pig‘idan jarohat olgan. Biroq u birinchi ko‘ringanidek jiddiy bo‘lib chiqmadi.
Angliyalik iste’dod sohibi “Liverpul“ga qarshi kubok finalida tiklanib, asosiy tarkibga qaytishni maqsad qilgan. Ushbu bahs 27 fevral sanasiga belgilangan.
Ma’lumot o‘rnida, Meyson Maunt joriy mavsum barcha turnirlar doirasidagi 34 o‘yinda 7 gol va 8 golli uzatma muallifiga aylangan.
Fikrlar