
"Chelsi" va "Liverpul" futbolchilarining narxi keskin tushib ketdi. Transfermarkt yangi narxlarni e’lon qildi
Dunyoga mashhur Transfermarkt portali futbolchilarning transfer narxlarini yangiladi va Angliya Premer-ligasida eng ko‘p narxi tushgan futbolchilar nomini e’lon qildi.
Ushbu antireytingda birinchi o‘rin "Chelsi" himoyachisi Mark Kukurelyaga “nasib etdi”. Ispaniyalik futbolchining narxi 15 million evroga tushib ketdi va hozirda 40 millionni tashkil etmoqda. Ikkinchi o‘rinda esa 10 millionni yo‘qotgan “Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh egalladi. Hozir misrlik futbolchining narxi 70 million.
Uchinchi o‘rindan "Chelsi"ning yosh yarim himoyachisi Meyson Maunt joy oldi. Angliyalik futbolchi 10 million evroga arzonladi va narxi 65 million evroga tushdi.
Qizig‘i shundaki, to‘rtinchi va beshinchi o‘rinlar yana "Chelsi" futbolchilariga tegishli. Bular mos ravishda Kay Xaverts va Raxim Sterling. Nemis futbolchisining narxi 10 million evroga arzonlashdi, hozirgi narxi 60 million. Ingliz hujumchisining narxi ham 10 millionga tushib ketdi va hozirda 60 million evroni tashkil qilmoqda.
Fikrlar