"Chelsi" Sanchoning transferi bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda

  • 19 fevral, 2020, 20:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Dortmundning "Borussiya" klubi vingeri Jeydon Sancho yangi mavsumni “Chelsi”da boshlashi mumkin.

Tecno

Tuttomercatoweb nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “aristokratlar” allaqachon 19 yoshli angliyalik futbolchining transferi masalasida muzokaralarni boshlab yuborgan. Ushbu transfer yozda amalga oshirilishi va u “Chelsi”ga 120 mln evroga tushishi mumkin.

Ta’kidlash kerakki, Sanchoga shuningdek “Manchester Siti”, “Liverpul” va “Manchester Yunayted” klublari ham xaridor.

Ma’lumot uchun, Sancho joriy mavsum “Borussiya” safida jami 20 ta o‘yinda maydonga tushdi va 13 ta gol hamda 13 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!