“Chelsi” kutayotgan Firmino kutilmagan qarorga keldi

  • 19 yanvar, 2024, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

O‘tgan yoz katta ishtiyoq bilan Saudiya Arabistoniga yo‘l olgan futbol yulduzlaridan bir nechtasi yana Evropaga qaytishni istayotganini bildirgandi.

Xususan, Karim Benzema, Jordan Xenderson va Roberto Firmino ortga qaytish uchun yo‘l qidirayotgan edi.

Bir necha mavsum “Liverpul”da o‘ynagan Firminoga Angliya Premer-ligasidan qiziqish bo‘ldi. Xususan, “Chelsi” braziliyalik forvardni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi edi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Firminoning atrofidagilar uni Jiddada qolib, “Al-Ahli” sharafini himoya qilishda davom etishga ko‘ndirgan. Shu tariqa, 32 yoshli to‘purar qishki transferlar vaqtida jamoasini o‘zgartirmaydigan bo‘ldi.

Firminoning “Al-Ahli” bilan tuzgan shartnomasi 2026 yilning yozigacha davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!