
"Chelsi" hamon Sanchodan umidini uzgani yo‘q
Londonning "Chelsi" klubi "Borussiya" Dortmund vingeri Jeydon Sanchoni sotib olish fikridan hamon qaytmayapti.
France Football nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “aristokratlar” 20 yoshli angliyalik futbolchini mavsumlar oralig‘ida o‘z safiga qo‘shib olishmoqchi. Dortmundliklar esa Sanchoning transferini 105 million evroga baholashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Jeydonga shuningdek "Manchester Yunayted" va "Liverpul" klublaridan ham qiziqishlar bor.
Ma’lumot uchun, Sancho joriy mavsum “Borussiya D” safida jami 30 ta o‘yinda maydonga tushdi va 16 ta gol hamda 16 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar