“Chelsi” beshta superdarvozabon topib qo‘ydi

  • 29 may, 19:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” bosh murabbiyi Entso Mareska jamoa o‘yinini ancha epaqaga keltirib qo‘ydi. Biroq ispaniyalik mutaxassisning darvozabonlardan ko‘ngli to‘lmayapti.

Tecno

Taniqli jurnalist Saymon Fillipsning yozishicha, “aristokratlar” besh nafar darvozabonni nishonga oldi va imkon qadar ulardan birini qo‘lga kiritishga harakat qiladi.

Manbaga ko‘ra, “Chelsi” tuzgan ro‘yxat quyidagicha ko‘rinish oldi:

Emiliano Martines (“Aston Villa”) - 32 yosh, shartnomasikontrakt  2029 yil yarmigacha amal qiladi;

Mayk Menyan (“Milan”) - 29 yosh, shartnomasi 2026 yil yarmigacha amal qiladi;

Lukas Shevale (“Lill”) - 23 yosh, shartnomasi 2027 yil yarmigacha amal qiladi;

Joan Garsiya (“Espanol”) - 24 goda, shartnomasi  2028 yil yarmigacha amal qiladi;

Dzion Sudzuki (“Parma”) - 22 goda, shartnomasi 2029 yil yarmigacha amal qiladi.

Yakunlangan mavsumda birinchi raqamli darvozabon vazifasini Robert Sanches bajardi. Zaxira posboni Filip Yorgensen bo‘ldi. Klub rahbariyati mavsumni ijara asosida “Strasbur”da o‘tkazgan Jorj Petrovichni ham asosiy tarkibga qaytarib, raqobatni kuchaytirmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!