"Bunyodkor" Lushchandan bo‘lgan qarzdorlikni bartaraf etdi

  • 18 may, 2019, 11:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Xabaringiz bor “Bunyodkor” klubi jamoaning sobiq bosh murabbiyi Sergey Lushchandan qarzdor edi va buning ortidan jiddiy muammolarga duch kelgan edi.

O‘zbekiston professional futbol ligasi bosh direktori maslahatchisi Diyor Imomxo‘jaevning telegramdagi sahifasida ma’lumot berilishicha “qaldirg‘ochlar” ushbu mutaxassisdan bo‘lgan qarzdorlikni to‘liq bartaraf etishgan.

“Sergey Lushchandan qolib kelayotgan qarzlarini to‘lab berdi. Natijada Majburiy ijro klub ofisi eshiklarini ochishga ruxsat berdi. Shuningdek, “Bunyodkor”ga tegishli avtomashinalar va texnika vositalari, ularning hujjatlari qaytarildi. Kecha futbolchilar mart oyi uchun ish haqlarini ham olishdi va bu albatta Toshkent derbisi oldidan o‘ziga xos motivatsiya vazifasini bajardi, deyish mumkin”, - deb yozadi Imomxo‘jaev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!