Bundesliga. "Bavariya" Keynning goli evaziga mag‘lubiyatdan qutilib qoldi
Bundesliganing 14-turidan o‘rin olgan navbatdagi bahs o‘z nihoyasiga etdi.
Vencan Kompani murabbiyligidagi "Bavariya" o‘z uyida "Maynts 05"ni qabul qilib, 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Bellashuvning 29-daqiqasida Karl hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. 45+2 hamda 67-daqiqalarda mehmonlar ikki gol urib, kambek qila oldi. Ushbu ikki golga Katsper Potulskiy va Li Je Son mualliflik qildi. 87-daqiqada esa Xarri Keyn 11 metrlik jarima zarbasidan foydalanib hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi (2:2).
- Germaniya - Bundesliga
- Joriy Mavsum
Bavariya
- Lennart Karl 29'
- Harry Kane 87'
Tugadi
2
:
2
14.12.2025 21:30
Maynz
- Kacper Potulski 45'
- Jae-sung Lee 67'



Fikrlar