
BUM! "Nasaf" Viktor Da Silvani o‘z safiga qo‘shib oldi
Qarshining "Nasaf" klubi Viktor Da Silva transferini rasman e’lon qildi.
"Braziliyalik hujumkor yarim himoyachi Viktor Da Silva bugun jamoamiz bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi.
Futbolchi faoliyati davomida Italiyaning “Kevo”, “Peskara”, “Breshia”, “Teramo”, “Perudja”, “Fermana”, “Virtus Verona” ko‘plab klublarida to‘p tepgan. 2013-yilda “Kevo” safida Italiya A seriyasi va Italiya Kubogida o‘ynagan. Viktor Xorvatiyaning “Istra 1961”, Albaniyaning “Vlazniya”, Kiprning “Olimpiakos” kabi klublarda ham to‘p tepgan. Uning so‘nggi jamoasi Albaniyaning “Partizani” bo‘lgan.
Ishonamizki, braziliyalik futbolchi jamoamizga sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishda yordam beradi. “Nasaf” oilasiga xush kelibsan, Viktor", - deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.
Fikrlar