
Bular haydasang ham ketmayapti!
PSJ bosh murabbiyi Kristof Galte va sport direktori Luis Kammpush klub mutasaddilarining tarkibni tozalash borasida sust ishlayotganidan norozi bo‘lmoqda.
Yozgi transferlar mavsumi yakunlanishiga bir necha kun muddat qolgan bo‘lsa-da, klub mutasaddilari murabbiylar shtabiga kerak bo‘lmay qolgan bir guruh o‘yinchilarni jamoadan ketgaza olgani yo‘q.
Ushbu ro‘yxatda Leandro Paredes, Ander Errera, Idriss Geye, Keylor Navas kabi bir necha futbolchilar bor.
Klubda o‘yinchilarning keldi-ketdisiga portugaliyalik mutaxassis Antero Enrike mas’ul hisoblanadi. U hozircha bir o‘yinchi – Tilo Kererni “Vest Xem”ga transfer qila oldi xolos.
Enrike 1 sentyabrga qadar kerakmas o‘yinchilarning barchasidan qutilishga va’da berayotgan bo‘lsa-da, klubdagi vaziyat murakkablashib bormoqda.
Fikrlar