Bugundan Osiyo chempionlari yurishni boshlaydi!

  • 9 yanvar, 2020, 08:00
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 8 yanvardan Tailandda U-23 Osiyo chempionati start oldi.

Tecno

Bugundan esa O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bahslarga kirishadi. Lyubinko Drulovich shogirdlari ilk turni eronlik tengqurlariga qarshi o‘tkazishadi.

Bilasiz, ushbu qit’a birinchiligining amaldagi chempioni aynan bizning terma jamoamiz hisoblanadi. 2018 yili O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Ravshan Haydarov qo‘l ostida tarixiy g‘alabaga erishgandi. Bugun esa ushbu mutaxassis Lyubinko Drulovichga yordamchilik qilmoqda.

Yana katta umidlar bilan yoxud O‘zbekiston OTJning Osiyo chempionatidagi muvaffaqiyatini yodga olamiz

7360903

Umid qilamizki, ushbu tandem Xitoydagi muvaffaqiyatni takrorlaydi. Buni o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari kutishmoqda. Futbolchilarimiz shunga yarasha harakat qilib, ishonchni oqlashlariga tilakdoshmiz!

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston OTJ - Eron OTJ uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 15:15da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!