
Bugun Ubaydullaev jamoasi arman klubiga qarshi o‘yin o‘tkazadi
Xabaringiz bor, Belarusning amaldagi chempioni Soligorskning "Shaxtyor" klubi ayni kunlarda Dubayda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini olib bormoqda. Ushbu yig‘in doirasidagi navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvida "konchilar" Armaniston chempionati vakili "Pyunik"ka qarshi bahs olib boradi.
Shahzod Ubaydullaev jamoasining o‘yini Toshkent vaqti bilan 18:00 da start olishi rejalashtirilgan.
Fikrlar