Bugun O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo kubogidagi yurishini boshlaydi

  • 13 yanvar, 2024, 07:55
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun O‘zbekiston terma jamoasi Qatar yashil maydonlarida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo kubogidagi o‘z yurishini boshlaydi. Srechko Katanets boshchiligidagi termamizga o‘zbekistonlik futbol muxlichlariga notanish bo‘lmagan Ektor Kuper qo‘l ostidagi Suriya terma jamosi raqiblik qiladi.

Tecno

Uchrashuv soat 22:30da o‘z bag‘riga 15 ming muxlisni sig‘dira oladigan "Jasim bin Hamad" stadionida start oladi. Mazkur uchrashuvda futbolchilarimiz to‘liq oq libosda, darvozabonimiz esa qora libosda harakatlanadi.

Shuningdek, uchrashuvni boshqarib boradigan hakamlar guruhi ham ma’lum. Bosh hakam — ummonlik Ahmad Abu Bakar Said al-Kaf, unga hamyurtlari Abu Bakar Salim al-Amri va Rashid Hamid al-Gaiti yordam beradi. Zaxira hakami sifatida esa iroqlik Mohanad Qosim Sarray ishlaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
998913335306
13/01/2024 11:01
Хамюртларимизга омад тилаймиз.