
Bugun "Gubernator kubogi"da uch nafar bokschimiz chorak final jangini o‘tkazadi
Ayni kunlarda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida "Gubernator kubogi"turniri davom etmoqda. Ma’lumki, ushbu nufuzli turnirda terma jamoamiz kuchli tarkibi bilan ishtirok etmoqda. Bugun "Gubernator kubogi"da uch nafar bokschimiz chorak final jangini o‘tkazadi:
-60 kg: Abdumalik Xalakov - Jamal Badrutdinov (Rossiya) (boshlanish vaqti - 18:45 dan so‘ng*)
-69 kg: Bobousmon Baturov - Dmitriy Galagots (Moldova) (19:45 dan so‘ng)
-81 kg: Dilshod Ro‘zmetov - Bekzad Nurdauletov (Qozog‘iston) (20:45 dan so‘ng)
*Janglar boshlanish vaqti taxminan ko‘rsatilgan
O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar