
Bugun futzalchilarimiz Livanga qarshi parketga chiqadi!
Bugun O‘zbekiston futzal terma jamoasi Livan terma jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yinida kuch sinashadi.
Ayni damda, yurtimizda bo‘lib turgan Livan termasi bilan bir necha kun avval bo‘lib o‘tgan bahs 3:3 hisobidagi jangovor durang bilan yakunlangan edi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi joriy yilning 7-11 oktyabr kunlari Farg‘ona shahrida Osiyo Kubogi saralash bosqichi doirasida Iroq, Kambodja va Malayziyaga qarshi bahs yuritadi.
Fikrlar