Bugun Evropa o‘yinlari start oladi

CHERY AUTO

Bugun “Ko‘hna qit’a” sportchilari orasida ham Olimpiya sport turlarini yanada rivojlantirish maqsadida asos solingan Evropa o‘yinlari musobaqasi start oladi. 30 iyunga qadar davom etadigan mazkur sport musobaqasida Evropaning 50 mamlakatidan 4 mingga yaqin atlet ishtirok etishi kutilmoqda.

Tecno

P0GGHsQ_1561038214749.jpg_thumb_1200x800 (1)

Ikkinchi bor tashkil etilayotgan mazkur musobaqada terma jamoalar 15 sport turi bo‘yicha 200 ga yaqin medallar komplekti uchun kurash olib borishadi. Bugun Minskdagi “Dinamo” Milliy Olimpiya stadionida tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tsa, ertaga dzyudo, kamon va pnevmatik qurollardan o‘q otish, sambo, badiiy gimnastika, sport akrobatikasi va veloshosse yo‘nalshi bo‘yicha medallar jamlanmasi o‘z egalariga topshiriladi. Musobaqa atrofidagi eng qiziqarli yangiliklarni saytimizda kuzatib boring.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!