
Bugun "Al-Nassr" o‘ynaydi. Masharipovdan gol yoki assist kutib qolamiz
Saudiya Arabistoni chempionatida ikkinchi tur o‘yinlari start oldi.
Bugun Jaloliddin Masharipov harakat qilayotgan "Al-Nassr" klubi safarda "Al-Faysali" jamoasi mehmoni bo‘ladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:50da boshlanadi.
Birinchi turda "Al-Nassr" "Damak" ustidan yirik 4:1 hisobida g‘alab qozongan edi. Ushbu bahsda Masharipov o‘z nomiga bitta assist yozdirib qo‘ygan. "Al-Faysali" esa, dastlabki turda "Al-Ahli" bilan durang o‘ynagandi.
Fikrlar