
Breaking! Grizmann Frantsiya terma jamaosidagi faoliyatini yakunladi
Rasman Antuan Grizmann Frantsiya terma jamaosidagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. 33 yoshli futbolchi "Men xayotimdagi bir sahifani yopdim. Barchasi uchun rahmat", - deya post qoldirdi.
"Atletiko" a’zosi 2014 yildan beri terma jamoa safida harakat qilib keladi. U Jahon chempionati va Millatlar ligasi sovrinlariga ega chiqqan.
Grizmann Frantsiya uchun 137 ta o‘yin maydonga tushib, 44 ta gol urdi va 38 ta assist amalga oshirdi.
Fikrlar